Mansurov Rustam

Mansurov Rustam (1913.21. 12, Samarqand viloyati — 1996.27.6, Samarqand). O’zbekiston xalq artisti (1952). 1933 y.dan Samarqand viloyat teatrida ishlagan. Eng yaxshi rollari: Solihboy (Hamza, «boy ila xizmat- chi»), Mirbo-bo (I. Akrom, «Adolat»), Yagor (G.Mdivani, «Nomus»), Prezi- dent (F.Shiller, «makr va muhabbat»), Ibrohim (K.Yashin, «Gulsara»), Hoji (K.Yashin, «Nurxon»), shahar hokimi (N.Gogol, «Revizor»), Dadaboy (Uyg’un, «Navba-hor»), Husayn Boykaro (uyg’un, I.Sulton, «Alisher Navoiy»), Otello (U. Shekspir, «Otello»), Ezop (G.Figeyredu, «Ezop»), Darvesh (M.Karim, «oy tu- tilgan tunda») va b. Yoshi ulug’, murak- kab tabiatli shaxslar obrazini kurkam talqin qilish, yurish-turishi, tabia- ti, ovozi b-n bir-biriga o’xshamagan qahramonlarining tashqi ko’rinishi va ichki olamini aniq ifoda eta bilish M. ijodiga xosdir.