Mansur

Mansur (Arabcha — sochilgan, tarqoq ya’ni Nasr holida bo’lgan), chertim puli — Xorazm maqomlari cholg’u bo’limining nomi. Asosiy qismlari Tarje, peshrav, Muxammas, Saqil, Ufar va boshqalar o’ziga xos tomonlarni o’z ichiga oladi. Mansurning oxirida Ufar qismlari bo’lishi bilan Buxoro Shashmaqomidan farq qiladi. Atoqli xonanda, sozanda va bastakorlaridan Niyozjonxo’ja (Saqili Niyoz-Jonxo’ja), Muhammad Rahimxon soniy (Muxammasi jadidi Feruzi rost va boshqalar), Komil Xorazmiy (Murabbai komili rost), Muhammad Rasul Mirzo (Murabbai rosti Mirzo) va boshqalar. Xorazm maqomlarining Mansur qismlarini boyitishgan, Saqili Muxqooni rost, Musabba’i rosti Mirzo kabi qismlarni ham kiritishgan.