Manufaktura

Manufaktura (lot. manus — qo’l, factura — tayyorlash) — mehnat taqsimoti va qo’l hunari texnikasiga asoslangan korxona. Sanoat taraqqiyotining oddiy kooperasiyadan keyingi, 2-bosqichi. M. G’arbiy Evropa mamlakatlarida 16-a.ning o’rtalarida vujudga kelib, 18-a.ning oxirgi choragigacha davom etdi. Angliyada (16-18-a.lar) dastlab to’qimachilik sa- noatida, qog’oz va shisha i.ch. sohalarida rivoj topdi. 17-a. ning 2-yarmidan bosh — lab 19-a. ning 1-yarmiga qadar Rossiyada mavjud bo’lgan. O’zbekistonda 19-a.ning 2-yarmi va 20-a.ning boshida M. f-kaning yordamchi bo’limi sifatida hamma sohada bor edi va bu narsa katta ahamiyatga ega bo’lgan. Ishchi va mehnat qurollarining tor ixtisoslashuvi tufayli M. ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirdi. Lekin u ichki va tashqi bozorning tovarlarga bo’lgan talabini qondira olmas edi. M. tarixan ijobiy xarakterga ega bo’ldi, ijtimoiy mehnat taqsimotining kuchay- ishiga yordam berdi, yirik mashinalash- gan i.ch.ga o’tishga zamin yaratdi.