Manuklin Zelman Mendeleyevich

Manuklin Zelman Mendeleyevich (1896, Poltava viloyati — 1968, Toshkent) — kimyogar, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1966). Kimyo fanlari Doktori (1957), professor (1958). O’rta Osiyo universitetida (1931-39), Toshkent Farmatsevtika institutida (1939-57) ishlagan, shu institut organik kimyo kafedrasi mudiri (1958-68). Ilmiy ishlari element-organik birikmalar kimyosiga oid. Uning raxbarligida 400 dan ortiq yangi kimyoviy birikmalar sintez qilingan.