Marsh

Marsh (musiqada) — tantanali yurish, qo’shinlarning saf tortib yuri- shi kabi jarayonlarda ijro etishga mo’ljallangan musiqa janri. Shaxdam usuli, qadam tashlash sur’ati, asosan, 2/4, 4/4, 3/4 o’lchovi b-n belgilanadi. Harbiy yoki ommaviy yurishda odamlarning bara- var qadam tashlashiga jo’r bo’lib, ular- ga tantanavor kayfiyat bag’ishlaydi. Yuz yillik urush davrida Frantsiya va Angli- yada, 15-a.da Germaniyada motam M. hamda tantanavor M. shakllarida paydo bo’lgan. M. asarlarining mazmuni va xususiyatla- ri muayyan davrning tarixiy sharoiti- ga, milliy musiqa an’analariga qarab farqlanadi. M. janri rivojining ilk davrlaridanoq xususiy chegaradan chiqib, ommabop kontsert musiqasi, keyinchalik professional musiqa janrlari (opera, balet, simfoniya va b.) tarkibidan o’rin olgan. Natijada, yurish M.i qatorida kontsert M.i, qo’shiq — M. va b. vujudga kelgan. Hozirda M. harbiy muetsha Jan- ri sifatida puflama sozlar orkestrlar repertuaridan katta o’rin olgan. O’zbek xalqi musiqa merosida «Buxorocha M.», «Qo’qon M.i», «askarlar M.i», «Sarboz- cha» kabi harbiy M.lar tarqalgan. M. US- lubida Hamza, T. Jalilov, Yu. Rajabiy, Matyusuf Xarratov, F. Sodiqov, I. Ikro- mov va b. bastakorlar ommaviy M.lar yaratgan. Kompozitorlardan T. Sodiqov, S. Yuda-kov, M. Burhonov, M. Ashrafiy, M. Leviev, D. Zokirov, F. Qodirov, P. Xoliqov, P. Makarov, Habibulla Ra- ximov va b. ijodida M.ning turli na- munalari mavjud. Olga Nikolskaya.