Massa

Massa (lot. massa — katta tosh; bo’lak) (fizikada) — jismning inertlik va gravitasion xususiyatlarini ifoda- lovchi fizik kattalik. M. tushunchasini fanga birinchi bo’lib I. Nyuton 1687 y.da «natural falsafaning matematik asoslari» nomli asarida olib kirgan. Har qanday jism unga boshqa jismlar ta’sir etmaguncha tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi. Jismlar- ning bu xususiyati inertlilik deb ata- ladi. Jism inertliligining o’lchovi — inersion M. Berk sistemani tashkil etuvchi ikki jism faqat o’zaro ta’sirla- shadi. At vakt mobaynida birinchi jism tezligi Di, va ikkinchi jism tezligi Di, ga o’zgargan bulsin. Nyuton qonunlariga asosan mt&v=—t2Di, bo’ladi, bunda t, va T2 — koeffisientlar. At o’zgarsa, unga mos ravishda Di, va Di2 lar ham o’zgaradi, lekin /i, va T2 o’zgarmas kattalik bo’lib qolaveradi, /i, va T2 lar faqat birinchi va ikkinchi jismlarning o’ziga bog’liq bo’lganligi uchun ular inersion M.lar deb ataladi. Ammo jism faqat inersi- on xususiyatlarga ega bo’libgina qolmay, atrofidagi fazoda gravitasiya maydo- nini vujudga keltiradi. Bu maydon o’z xususiyatlari bo’yicha zaryadlangan jism hosil qilgan elektrostatik maydonga o’xshaydi. Gravitasiya maydonini vujud- ga keltiruvchi zaryad gravitasion zaryad yoki gravitasion M. deb ataladi. Nyu- tonning butun olam tortishish qonunita asosan, erning gravitasiya maydoniga, mas, er sirti yaqinida joylashgan jism- ga erning tortishish kuchi ta’sir etadi. Tinch holatdagi M.si nolga teng bo’lgan zarralar ham bor. Mas., (foton lar), ammo bunday zarralar tinch holatda mavjud bo’lmaydi, paydo bo’lgan ondayoq s tezlik b-n harakatlana boshlaydi.