Matu-Grosu-du-sul

Matu-Grosu-du-sul — Brazi- liyaning Jan.-g’arbiy qismidagi shtat, Boliviya va Paragvay b-n chegaradosh. Mayd. 358,1 ming km2. Aholisi 2,07 mln. kishi (2000). Ma’muriy marka- zi — Kampu-grandi sh. Shtat Braziliya yassitog’ligining Jan.-g’arbiy chekkasi va Pantanal botig’ining Jan.da joylashgan. Yozi sernam, tropik iqlim. O’rtacha oylik t-ralar 22-26°. Yillik yog’in 1000— 1800 mm. Shtat Jan.da tuprog’i to’q qizil laterit tuproq. O’simliklari past bo’yli savannalar, Daryo vodiylari o’rmonlar, Pantanal tropik botqoqliklardan ibo- rat. Iqtisodiyotining asosini q.x. tash- kil etadi. Qoramol, cho’chqa, qo’y va echki boqiladi. Sholi, soya, makkajo’xori, bug’doy, dukkakli ekinlar ekiladi, kofe plantasiyalari bor. Baliq ovla- nadi. Korumba sh. yaqinida yirik temir va marganes rudasi konlari topilgan. To’qimachilik, ko’n-poyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish ma- teriallari va sopol buyumlar ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat markazlari: Kampu-grandi va Korumba sh.lari. Aso- siy aloqa Parana va Paragvay daryola- ri va ularning irmoqlari, t.y. va havo transporta orqali amalga oshiriladi.