Matyoqubov Otanazar Rahimovich
Matyoqubov Otanazar Rahimovich (1946.25.8, Xiva) — musiqashunos, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1988), Qoraqalpogiston san’at arbobi (2001). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1970), shu yerda o’qituvchi va “Sharq musiqasi” kafedrasi mudiri (1980-91), dotsent (1982). O’zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirining birinchi o’rinbosari (1997-2001), O’zbekiston davlat konservatoriyasining Ilmiy tadqiqot markazi rahbari (2002 yildan). Asarlari, asosan, o’zbek mumtoz musiqa tarixi va nazariyasi, O’rta asr musiqa ilmi namoyandalari merosiga bag’ishlangan. As: og’zaki an’anadagi professional musiqa asoslariga kirish, T., 1983; Farabi ob osnovax muziki Vostoka, T., 1986.
O‘xshash so‘zlar
- Matyoqubova Gavhar
- Matyoqubov Habibullo
- Matyoqub Qo‘shjonov (1918-2005) kim bo’lganini bilasizmi?
- Mauer Fedor Mixaylovich
- Maunt-vilson astronomik rasadxonasi
- Mauntin-pass
- Mauriyalar imperiyasi
- Mautxauzen











