Mahram

Mahram (Arab. — qarindosh) — shariatda o’zaro nikoh man etilgan va eng yaqin qarindoshlik aloqasida bo’lgan erkak yoki ayol. Shaxsning eri yoki xoti- ni, asosan, M. (tan M.) hisoblangan. Ayol kishi yuzi ochiq holda ko’rinishi mumkin bo’lgan yaqin erkak qarindoshlar shariatga ko’ra, ayolning eri (tan M), otasi, o’g’illari, aka-uka, amaki, buva, tog’a, qaynatasi M., undan yiroq erkak qarindoshlar va yot erkaklar nomaxram hisoblanadi. Odatda, ayol kishi M.dan yuzini berkitmagan, ammo nikohdagi ayol erining bo-shqa qarindoshlaridan (qaynataqaynana va erining ruxsati b-n) qochmasligi mumkin hisoblangan. Er yoki xotin ajrashib ketsa yoki ular- dan biri o’lsa, o’sha vaqtdan e’tiboran ular bir-biriga nomahram hisoblangan. Ayol kishi o’lsa uni qabrga nomaxram ki- shilar qo’ya olmay, balki o’g’il yo aka-uka, tog’a yoki marhum tiriklik vaqtida vasiyat qilingan kishi (Go’ri M.) qo’ygan. M.lik b-n bog’liq bo’lgan ko’pgina rasmrusum va qoidalar hozirda yo’qolib ketgan. Shuningdek, «M.»sirdosh, si- dqidildan xizmat qiluvchi xizmatkor ma’nolarida ham ishlatiladi.