Memuar
Memuar (Frans. memoire — xotira, esdalik), yodnoma, esdalik — Real voqea- hodisalar ishtirokchisi yoki guvohining o’tmish haqidagi xotira asari. M. uchun voqeaning birinchi shaxs nomidan bayon qilinishi, voqealar va faktik material- larning ko’pligi, mu-allifning tasvir ob’ektiga sub’ektiv munosabatining o’ziga xos shaklda namoyon bo’lishi xarak- terlidir. M.da Real voqealar majmua- si, ko’pincha, siyosiy xronika, biofafik va ilmiy ahami-yatga ega materiallar b-n uzviy bog’lanib ketadi; unda badiiy asarlarga xos syujet usullari kam ishla- tiladi. Ammo muallif tasviriy vosita- lardan o’rni b-n foydalanadi. M.ning ilk namunalari antik ada- biyotda mil. AV. yaratilgan. O’rta asrlar, Uyg’onish va keyingi davrlarda M.ning xilma-xil turlari paydo bo’ldi. M. yara- tish Sharq adabiyotida qad. an’analarga ega. Nosir Xisravnchnt «Safarnoma», Za- yniddin Vosifiynnng «Badoe ul-vaqoe», Boburning «Boburnoma» asarlari M. ning namunalaridir. M.larning tarixiy hujjat sifati- dagi qimmati ularga xos qilib olin- gan voqealarning mohiyati, bayonining izchil va anikligi b-n belgilanadi. Turmushning turli vositalari, xalq urf-odatlarining aniq tasvir etilishi jihatidan M.lar etnografiya uchun ham muhim manbadir.