Maradona (Maradona) Diego Armando

Maradona (Maradona) Diego Armando (1960.30.10, Buenos-Ayres yaqinidagi Lanus sh.) — argentinalik futbolchi, jahon chempioni. 20-a.ning eng yaxshi futbolchisi (Pele b-n birga) deb tan olingan. Dastlab «Argentinos Xuniors» futbol klubila o’ynagan. «Boka Xuniors» tarkibida Argentina chempio- ni (1981), «Napoli» jamosi tarkibida Italiyaning 2 karra chempioni (1987, 1990), Italiya kubogi (1987) va UEFA kubogi (1989) soxibi bo’lgan. Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempio- ni (1986) va vise-chempioni (1990).