Munjon, minjon
Munjon, minjon — Badaxshon tarixiy viloyatidagi rustoq. Hindukush tog’larida, Badaxshonning Kofiriston b-n chegara hududida joylashgan. M. ru- stogi Ibn al-Faqih asarida 826-827 y.larda tohiriylardan Abdulloh ibn Tohirga xiroj to’lagan Toxariston VI- loyatlari qatorida almizjon yoxud al- Muttajon shaklida qayd etilgan. «M.»atamasi Badaxshondagi eng qad. nomlardan hisoblanadi. Mil. AV. 1ming yillik o’rtalarida qad. hind adibi Pa- nini Munjayon mamlakati va «Munji» qabila birlashmasini qayd etib o’tgan. 7-a.ning 1-yarmida Syuan-Szan bu mul- kni munki-yen shaklida keltirgan. Uning ma’lumotiga ko’ra, M. Xu mulki (ya’ni Qunduz)dan sharqsa joylashgan. M. rustog’i o’zining qad. Nomini hozirgacha saklab qolgan bo’lib, u kishm va Jirm o’rtasida joylashib, ma’mu- riy jihatdan Zeyboqqa qaraydi. M.ning iqlimi sovuq, aholisi oq yuzli, asosan, to’qimachilik b-n shug’ullanadi. 19-a.da M. aholisi Kofiristondan Badax-shon- ga muntazam suratda bosqinchilik qilib turgan «kofirlar» b-n urush olib bor- ganlar. M. chegarasida rabot qurilgan bo’lib, u M. vodiysini dushmanlar hujumidan muhofaza qilib turgan. Javli Tursunov.