Munchoqtepa

Munchoqtepa — Kubodiyon VI- loyatiga mansub qad. shahar xarobasi (mil. AV. 1ming yil o’rtalari — mil. 10-11-a.). Kofarnihon daryosi (Tojiki- ston)ning o’ng qirg’og’idan 1 km masofa- da, parom kechuvidan 6 km uzoqlikdagi hududda joylashgan. Mil. AV. 1mingyilliko’rtalarida M. o’rnida ki- chik qishloq vujudga kelgan, milodning boshlarida u katta shaharga aylanib, 11-a. gacha mavjud bo’lgan. M.ning 6-8-a.lar- ga oid madaniy qatlamidan usti gumbaz b-n yopilgan mahobatli bino qoldiqlari ochilgan, undan o’rtasi dumaloq teshik bo’lgan Toxariston mis tangalari topil- gan. Xitoy sayyohi Syuan-Szan (7-a.)ning qayd etishicha, bu erda budda monastiri (ibodatxonasi) joylashgan. U milodning boshlari — 5-6-a.larda mavjud bo’lgan qad. binolar xarobasi ustiga qurilgan.