Munkar va Nakir

Munkar va Nakir — Islomiy tasavvurga ko’ra, o’lganlarni Rabbing kim, dining nima, payg’ambaring kim, deb qabrda dastlabki so’roq qiluvchi farishtalar. M. va N. taqvodor bo’lgan mayyitlarni to qiyomat bo’lgunga qadar tinch qo’yadi, gunohkorlarni esa, aksincha, Alloh qancha xohlasa, shuncha azoblaydi. M. va N. nomlari hadislarda eslatiladi, Qur’onda esa bu farishtalar tilga olin- maydi.