Motel

Motel (lot. motel, motor — motor harakatlanmoq va hotel — mehmonxona, otel so’zlaridan) — avtoturistlar uchun mehmonxona. M.lar katta avtomagistral bo’ylarida, yirik shaharlar atrofida, kurortlarda va turistlar e’tiborini jalb qiladigan xushmanzara joylarda quriladi. M. ko’proq yil bo’yi ishlaydi- gan va 100— 200 kishiga mo’ljallangan bir necha bo’linmalar (mehmonxona, re- storan, texnik xizmat ko’rsatish st-yasi, yonilg’i shoxobchasi, Garajlar va b. yordam- chi xonalar)dan iborat bo’ladi.