Moshkichiri

Moshkichiri — quyuq taom. Qiymali M., po’stdumbali M., piyozdog’li M., sabzavotli M., M.-muxashshir (moshi alohida qaynatilib po’sti ajratib olin- gan moshdan) va b. turlari bor. Qiymali M. — piyoz va lo’nda-lo’nda to’g’ralgan go’sht dog’langan yog’da yaxshilab qovuriladi. So’ngra qozonga suv quyib, yuvilgan mosh solinadi va mildiratib qaynatiladi. Mosh ochilgach, tuz, ziravorlar, guruch so- linadi, bir oz o’tgach suvi tortiladi va M. qozonga yopishib qirmoch olmasligi uchun kovlab turiladi. Tayyor M.ni 10— 15 min. «dam edirib» laganga suziladi. Qiyma piyoz b-n yog’da qovurilib, sardak tay-yorlanadi, laganga suzilgan M. be- tiga solinadi. Po’stdumbali M. go’sht o’rniga tuzi yuvilib, mayda to’g’ralgan sur po’stdumbadan tayyorlanadi. Ad.h Mahmudov K., O’zbek tansiq ta- omlari, T., 1989.