Z

Z — o’zbek-kirill alifbosining to’qqizinchi harfi. Til oldi, sirg’aluvchi, jarangli undosh tovush. So’zning boshi (zar, zarur), o’rtasi (oziq, chiziq), oxirida (kuz, tuz) kela oladi. So’z oxirida jarangsizlanib «s» tovushiga tomon bir oz o’zgaradi (siz — sis, ko’rasiz — ko’rasis), bu hol imloda aks etmaydi. Tub O’zbekcha so’zlarda so’z boshida deyarli qo’llanmaydi. Jahon yozuvi tarixida turkiy xalqlar, shu jumladan, o’zbek xalqi uchun umumiy bo’lgan yozuvlarda Z harfi o’ziga xos shaklda bo’lgan.