Moro (Mogo) Aldo
Moro (Mogo) Aldo (1916-1978) -Italiya davlat va siyosiy arbobi, Di- plomat. M. Italiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari (1948-50); parlamentda Xristiandemokratik partiyasi (XDP) fraktsiyasi etakchisi (1953-55); Adliya vaziri (1955-57); maorif ishlari va- ziri (1957-59); XDP siyosiy kotibi (1959-63); Italiya Bosh vaziri (1963— 68, 1974-76); tashqi ishlar vaziri (1965- 66, 1969-72 va 1973-74); XDP Milliy kengashi raisi (1976-78). Xalqaro ke- skinlikni yumshatish hamda sosialistik mamlakatlar b-n do’stona munosabatlar- ni rivojlantirish tarafdori bo’lgan. Terrorchi «qizil brigadalar» tashkilo- ti tomonidan o’ldirilgan.