Morrison (Morrison) Toni
Morrison (Morrison) Toni (1932, AQSh) — amerikalik yozuvchi. Dastlab- ki 2 romani — «ko’k ko’zlar» (1970) va «Sula» (1974), shuningdek, maishiy mavzudagi «Sulaymon qo’shig’i» (1977) romani mashhur. Unda bir qoratanli AV- Lodining 100 yildan ortiqroq davrda- gi hayoti misolida umuman amerikalik qoratanlilarning milliy o’z-o’zini an- glash jarayoni yoritilgan. «Sula» (1974) romani hayotning jabru sitamlari va ishqdagi yolg’izlikni engishga urinish, mutelik va qatiylik haqida. «Qoramoy surtilgan qo’riqchi» romani (1981) da qoratanlilar muammosiga doir hoz. nuqtai nazarlar aks ettirilgan. «Ma’- shuqa» (1987) asarida o’tmish b-n zamona- viy sahnalar uyg’unlashtirilgan bo’lsa, «Jaz» (1992) asarida 1920-y.lardagi ij- timoiy hayot, bu davrning o’ziga xos «sha- moli» va yolg’izlikdagi ruhiy holatlar moqirona tasvirlangan. Nobel mukofo- ti laureati (1993).