Muomala vaqti
Muomala vaqti —kapitalning muomala doirasida bo’lish vaqti. M.v.ga tayyor mahsulot omborga kelib tushgan- dan boshlab u sotilguncha ketgan vaqt ( bu vaqt o’z ichiga tayyor mahsulotning i. ch. Va savdo (ulgurji va chakana) korxonalari omborxonalarida turgan vaqtini, ular- ni tashishga, sotishga ketgan vaqtni ham o’z ichiga oladi) va tayyor maxsulotlarni sotishdan kelgan tu-shumga i.ch.ning yangi tsikli uchun zarur bo’lgan yangi i.ch. vosi- talari sotib olishga ketgan vaqt kiradi. M.v. tovarlarning bir marta aylani- shiga (T—P) sarflangan kunlar soni yoki bir oy, bir kvartal, bir yilda yuz ber- gan aylanishlar soni b-n o’lchanadi. M.v. davomiyligiga tovarga bo’lgan talab va taklif nisbati; tovarlarning iste’mol xususiyatlari; tovar assortimentining murakkabligi; mintaqaning geografik o’rni; tashish-keltirish im-koniyatlari; savdo xodimlarining malakasi va b. omillar ta’sir ko’rsatadi. Nuriddin Yo’ldoshev.