Monreal
Monreal — Kanadaning Jan.- Sharqiy qismidagi shahar. SanLavrentiy daryosi bo’yida, Kvebek provintsiyasida joylashgan. Transport yo’llarining Yi- rik tuguni; dengiz kemalari kira ola- digan yirik port (yiliga 15 mln. t yuk ortib-tushiriladi), asosan, don eks- porti uchun mo’ljallangan. Aeroportla- ri xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 1,03 mln. kishi (.100V). M. — mamlakataing yirik savdomoliya va sanoat markazla- ridan. Mashinasozlik (umumiy, samo- lyotsozlik, kemasozlik, vagonsozlik va b.), metallsozlik, neftni qayta ishlash va kimyo sanoatlari rivojlangan. Rang- li metallurgiya, mebel, ko’n-poyabzal, to’qimachilik, tikuvchilik, poligrafiya va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. 3 un-t, konservatoriya, kutubxonalar, na- fis san’at muzeyi, metropoliten bor. Shaharga 1642 y.da indeyslarning xo- Chelaga qishlog’i o’rnida frantsuzlar to- monidan faktoriya va Fort (qal’a) sifa- tida asos solingan. 18-a.ning 1-yarmida muhim savdo markazi bo’lgan. 1760 y.da inglizlar bosib olgan. 1844-49 y.larda Kanada ingliz mustamlakasi poytaxti bo’lgan. 17-18-a.larda qurilgan me’mo- riy bi-nolardan cherkov, ramze saroyi va b. saqlangan. M.da 1967 y.da xalqaro ko’rgazma, 1976 y.da 11-Olimpiada bo’lib o’tgan.