Montale (Montale) Eujenio
Montale (Montale) Eujenio (1896.12.10, Genuya – 1981.12.9) -italyan shoiri va tanqidchisi. 20-y.lar — 40-y. larning 1-yarmida germetizm — o’ziga xos belgilari xavotir, g’am-alam, fojiaviy- lik, ayni paytda -fashizmni tan olmas- likdan iborat adabiy oqimning taraf- dori bo’lgan. M. she’riyati mazmunining boyligi va murakkabligi b-n ajralib tursada, shakliy murakkablik unga xos bo’lmagan. Birinchi she’rlar to’plami — «Karakatisa kosachasi» (1925) o’sha davr italyan she’riyatidagi an’anaviy usullarda yozilgan. M. «Bojxonachi- ning uyi» va boshqa she’rlar» (1932), «Holatlar» (1939), «Finisterre» (1943) va b. asarlar muallifi. Urushdan keyin- gi yillarda ma’lum darajada germetizm ko’rinishlaridan qutula olgan («bo’ron va boshqa she’rlar», 1956; «Satura», 1972; «To’rt yillik daftar», 1977). Musiqa va adabiyot sohalari tanqidchisi bo’lgan. Nobel mukofoti laureati (1975).