MIXAIL FYODOROVICH

MIXAIL FYODOROVICH (1596.12.7 -Moskva — 1645.13.7) — Rossiya tari- xida Romanovlar sulolasining asoschisi (1613Y. 21 avg.dan). Boyar F. N. Romanov (keyinrok, Patriarx Filaret)ning o’g’li. Moskvadan polyak bosqinchilari haydab chiqazilgach, boyarlar tashabbusi b-n zem- stvo sobori 16 yoshli M.F.ni podsho qilib ko’targan. Irodasiz, kasalmand M. F. podsholik davrida davlat ishlarini idora etish uning yaqin qarindoshlari va otasi (rasmiy ravishda ulug’hukmdor unvoniga ega bo’lgan) Filaret (1619-33 y.gacha), keyin boyarlar qo’lida bo’lgan. M. F. hukumati mamlakatda urushni to’xtatish maqsadida Shvesiya b-n stol- bov sulhi (1617), Polsha b-n Deulin yarash axdini (1618) tuzgan. Lekin Smo- Lensk va b. rus erlarini qaytarib olish maqsadida 1632-34 y.larda Polsha b-n yana urush olib borgan. M. F. davrida Sibirni egallash bo’yicha tadbirlar da- vom ettirilgan, Qrim tatarlariga qarshi mudofaa istehkomlarini qurish jadal olib borilgan.