Mirrlis (Mirrlees) Jeyms
Mirrlis (Mirrlees) Jeyms (1936.5.7, Minnigeffe, Shotlandiya) — ingliz iqtisodchisi. Edinburg un- tini tugatgan (1957). Kembrij unti- ning xalqaro muammolar markazida maslahatchi (1962-63), Oksford unti iqtisodiyot prof. (1968), Shveytsariya hukumati maslahatchisi (1963), 1968-86 y.larda Kembrij unti va Berklidagi ka- liforniya un-tlarida prof. M.ning ilmiy ishlari monetar va soliqqa tortish nazariyalari, insti- tusional iqtisodiyot muammolariga bag’ishlangan. M. asimmetrik axborotlar nazariyasida soliqqa tortish va ijtimo- iy sug’urta muammolariga bag’ishlangan ishlari b-n katta muvaf-faqiyatlarga erishdi. Kichik mamlakatlarning ochiq iqtisodiyotida chet el tovarlariga tarif- lar ko’llashning maqsadga muvofiq emas- ligini, mehnat va kapitalga solinadigan soliqning iste’molchilarga yuklatili- shini asoslab berdi. Nobel mukofoti laureata (1996; u. Vikri b-n birgalikda).