Moxora

Moxora, no’xat sho’rva — suyuq taom. Qo’y yoki mol go’shtini bo’laklarga bo’lib, suyaklari chopiladi, qozonga so- vuq suv quyib, ivitib qo’yilgan no’xat b-n birga 1,5 soat davomida mildiratib qaynatiladi. Qaynab chiqqach, yuzidagi ko’pigini olib, to’g’ralgan piyoz, butun yoki bo’laklarga bo’lingan sabzi b-n kar- toshka solinadi, qaynatish sust olovda davom ettiriladi. Tuzini rostlab, har bir kosaga bir bo’lakdan go’sht, sabzi va kartoshka solib, yuziga mayda to’g’ralgan ukrop sepib, dasturxonga tortiladi.