Moxov

Moxov (Arab, maxv — yo’q qilish yoki chetlatish), lepra, prokaza — bu- tun organizmni, xususan, teri, nerv sistemasi hamda ichki a’zolarni zarar- laydigan surunkali infektsion kasal- lik. Uni kislotaga chidamli moxov mi- kobakteriyasi (Mycobactererium leprae Hansen) qo’zg’atadi. Kasallik tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Ayrim tarixiy qo’lyozmalarda ta’kidlanishicha, miloddan 3— 3,5 ming yil avval M. Misrda uchragan. Mo’g’uliston, Xitoy kabi davlatlarda esa miloddan 2-2,5 ming yil ilgari bu ka- sallikka chalingan bemorlar to’g’risida ma’lumotlar bor. M. Evropa davlatlarida lepra deb yuritiladi va shu nom b-n jahon tibbiyot nomenklaturasiga kiritilgan. M. qo’zg’atuvchisini birinchi bo’lib, Norvegiya vrachi Gerxard Xansen 1871 y.da aniqlagan va uning nomi b-n Xansen tayoqchalari deb yuritiladi. Tayoqchalar tuzilishi hamda ayrim xususiyatlari b-n sil tayoqchalariga o’xshab ketadi. M. b-n faqat odamlar kasallana- Di. Bemor sog’odam b-n uzoq vakt mai- shiy muloqotda bo’lganda yuqadi. M.ga kattalarga qaraganda bolalar ko’proq moyil bo’ladi. Shuning uchun aksari- yat hollarda xastalik bemorning yaqin qarindoshlariga, ayniqsa, farzandlari- ga tez yuqadi. Kasallik asta-sekin boshlanadi. In- kubasion davri 4-6 oydan 5-6 yilga- cha, ba’zan bundan ham uzoqroq. Spirtli ichimliklarga ruju qilish, ko’p chekish, yolchitib ovqatlanmaslik, sanitariyagigi- ena qoidalariga rioya qilmaslik bu dav- rni qisqartirishi mumkin. Inkubasion davr oxiriga kelib, bemorning darmoni quriydi, isitmasi ko’tariladi, nevral- gik og’riq, chov va son limfa tugunlari- ning kattalashishi, burun qurib, qonab turishi kuzatiladi. M.ning differentsiallanmagan, tu- berkuloid va lepromatoz shakllari bor. Differentsiallanmagan (dog’li) shakli- da terining ayrim joylarida qizg’ish- oqimtir, oqimtir-pushti rangli katta- kichik dog’lar paydo bo’ladi. Ular teri damidan bir oz ko’tarilib turadi. Soch to’kiladi: terining sezuvchanligi oldin oshib, keyin yo’qoladi. Quloqorqasi, bo’yin, elka va tirsak nervlari yo’g’onlashadi. Bu shakl 4-5 y.dan key- in tuberkuloid yoki lepromatoz shakliga o’tadi. Tuberkuloid M.da terida kattaki- chik kizil tugunchalar hosil bo’lib, bir- biriga qo’shilib ketadi. Lepromatoz M. o’ta yuqumli va og’ir o’tadi. Bemorning pe- shonasida, og’zi-burni atrofida, jag’lari terisi va quloq suprasida joylashgan tugunlar uning qiyofasini o’zgartirib qo’yadi. Kasallik o’chog’i sohasidagi teri sezuvchanligi yo’qolib, ayniqsa, qosh va kipriklar to’kilib, bemorni xunuk qilib qo’yadi. Tugun va do’mboqchalar qattiqlashadi, ular moshdek, hatto no’xatdek bo’lishi mumkin. Ba’zan to’qimaning gemorragik komponentlari qo’shilib, uning ran- gi zangsimon bo’lib qoladi. Oqibatda to’qimalarning qon b-n ta’minlanishi yomonlashadi, terida, ayniqsa, qo’l-oyoq terisida hadeganda bitavermaydigan tropik yaralar paydo bo’ladi. Katta tu- gunlar va infiltratlar chu-qur yaralar hosil qiladi. Ko’z muguz pardasining infiltrat- lanib yaralanishi ba’zan bemorni butun- lay ko’r qilib qo’yadi. Markaziy nerv si- stemasidagi o’zgarishlar bemorda nevro- tik buzilishlarga (nevroz, psixoz), peri- ferik nerv sistemasining yallig’lanishi esa qattiq og’riq b-n kechadigan nevrit va polinevritga sabab bo’ladi. Qo’l va oyoqlarda (barmoqlar va panjalarda) og’riq, t-ra va taktil sezuvchanlik yo’qola boshlaydi. Trofik o’zgarishlar nati- jasida bemorning barmoqlari xuddi qurbaqa yoki tyulen panjalariga o’xshab qoladi. Oyoq va qo’l de-formasiyalanib, mutilyasiya (barmoqlarning tushib keti- shi) kuzatiladi. Ko’z qovoqlari muskullarining kich- rayishi oqibatida bemorning ko’zi oxi- rigacha yopilmay qoladi (logo-ftalm). Yuz nervining zararlanishi oqibatida mimika muskullari atrofiyalanib, be- Morning yuz ko’rinishi niqob kiygan yoki qayg’uli odamga o’xshab qoladi. M.lar maxsus tashkil etilgan lepro- zoriylarda davolanadi. Bemorning oila a’zolari teri kasalliklari dispanseri nazoratiga olinadi. So’nggi yillarda kasallikning ol- dini olish va davolashga oid mukammal choratadbirlar ishlab chiqilgan. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumot- lariga qaraganda, butun dunyoda M. kasal- ligi 2005 y.ga kelib deyarli yo’qotiladi.