Muborak tumani

Muborak tumani – Qashqadaryo viloyatisat tuman. 1978 y. 13 sent.da tashkil etilgan. G’arbda Buxoro viloyati, shim.da Navoiy va Samarqand viloyatla- ri, sharkda viloyatning Koson tumani, Jan.da Kasbi va Mirishkor tumanlari b-n chegaradosh. Mayd. 3,07 ming km2. Aholisi 62 ming kishiga yaqin (2003). Tumanda 4 qishloq fuqarolar yig’ini (Muborak, Sariq, Qarluk, Qoraqum), 1 shahar (muborak) bor. Tuman markazi — Muborak sh. Tabiati. Tuman Qashqadaryoning quyi qismida, qarshi cho’li zonasida joylashgan. Er usti tekislik, adir va qirlardan iborat. Bal. 450— 550 m. Yozi uzun va issiq, iyulda t-ra 42″ gacha kuta- riladi. Yanv.da eng past t-ra -27°. Noyab. o’rtalaridan havo soviydi va namgarchi- lik boshlanadi. Yillik yog’in 190-200 mm. Vegetasiya davri 270-280 kun. Tu- man hududidan Qashqadaryo oqib o’tadi. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuningdek, rus, turkman, tatar, arman, ukrain, ozar- bayjon va b. millat vakillari ham yashay- Di. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 20 kishi (2003). Xo’jaligi. Tumanhududidanneft va gaz konlari topilgan. Jan. Mubo- rak, shim. Muborak va b. konlardan neft va gaz chiqarilmoqda. Muborak— Zirabuloq, Muborak—Kogon, Mubo- rak—Navoiy gaz uzatish quvurlari ish- lab turibdi. M.t. hududida tabiiy gazni qayta ishlash z-Di bor. Tumanda «Mubo- rakneftgaz» korxonasi va unga qarashli Zevardi, Ko’kdumaloq, Alan, O’rtabuloq, Kultoq, Pomuq, Shimoliy O’rtabuloq, Kurik kabi gaz konlari ishlab turibdi. Tumanda 1 qo’shma korxona, 850 dan ziyod kichik va xususiy korxona, 16 aktsiyador- lik jamiyati mavjud. Q.x.da paxtachilik, g’allachilik va chorvachilik etakchi o’rinda. 4 shirkat xo’jaligi, 6 fermerlar uyushma- si, hamda naslchilik va qorako’lchilikka ixtisoslashgan xo’jalik bor. Jami 23,7 ming ga ekin maydonining 22,9 ming ga si sug’oriladi, 11 ming ga maydonga pax- ta, 10,5 ming ga maydonga g’alla, 100 ga maydonga sabzavot va poliz, 108 ga may- donga em-xashak ekinlari ekiladi, 142 ga maydonni bog’lar egallagan. Tuman jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida 12,5 ming qoramol, 137 ming qo’y va echki, 20 ming parranda bor. Tuman markazi- ni qishloqlar va qo’shni tumanlar b-n bog’laydigan yo’llar asfaltlangan. Mu- Borak—Koson (50 km), muborak—qarshi (78 km), muborak—Buxoro (90 km) va b. yo’nalishlarda avtobuslar qatnaydi. M.t. hududidan t.y. o’tgan. Tumanda 2001 y.dan «yangi asr» telestudiyasi faoliyat ko’rsatadi. M.t.da 30 umumiy ta’lim makta- bi, sanoat kasb-hunar, tibbiyot, ped.- iqtisodiyot kollejlari va kasb-hunar maktabi, 9 kutubxona, 3 klub, 2 yoshlar klubi, yoshlar sport majmuasi, tennis korti, Markaziy stadion va futbol may- donlari bor. «Mash’al» futbol jamo- asi respublikaning oliy tabaqasida qatnashadi. Tuman Markaziy kasalxona- sining 12 bo’limi va qishloq vrachlik, feldsher-akusherlik punktlari hamda b. tibbiy muassasalarda 95 vrach va 217 o’rta tibbiy xodim ishlaydi. 1978 y.dan «Muborak hayoti» tuman gaz. chiqadi (ada- Di 1500).