MUBORAK GAZNI QAYTA ISHLASH ZAVODI

MUBORAK GAZNI QAYTA ISHLASH ZAVODI — O’zbekiston yoqilg’i- ener-getika sanoatining yirik kor- xonasi. Qashqadaryo viloyati mubo- rak sh.da joylashgan. «O’zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasining «O’zgeoneftgazqazibchiqarish» AK- tsiyadorlik Kompani-yasi tarkibida. Asosan, qayta ishlangan tabiiy gaz, qattiq va suyuq holatdagi oltingugurt, barqarorlashtirilgan gaz kondensati, suyultirilgan gaz (propan va Butan frak- tsiyasi) ishlab chiqaradi. 1965 y. 10 sent.da muborak sh.dan 12 km Jan.-sharkda muborak oltingugurt z-Di (1972 y.dan muborak gazni qayta ishlash z-Di) kurila boshladi. 1971 y. 31 dek.da yiliga O’rtabuloq konlari, mubo- rak guruxidagi konlardan olinadigan 5 mlrd. m3 oltingugurtli va 3,7 mlrd. m3 oltingugurtsiz tabiiy gazni tozalash quvvatiga ega bo’lgan korxona ishgatu- shirildi. 1976 y. zavod 1navbatining oltingugurtdan tozalash insho-otlari rekonstruktsiya qilinib, uning yillik quvvati 6,2 mlrd. m3 ga etkazildi. 1978— 80 y.larda z-dni kengaytirishning 2 – va 3 – navbatlari amalga oshirilib, umumiy quvvati yiliga 10 mlrd. m3 ga etkazildi. 1984 y.da z-Dning 4navbati qurib tamom- landi. Shu yili mart oyida oltingugurt i.ch. ning 4navbati ham ishga tushirildi. Uning yillik i.ch. quvvati 183 ming t. Oltingugurt tozalovchi 6 ta blok va ol- tingugurt ishlab chiqaruvchi 2 ta blokdan tashkari 4navbat majmuiga suyultiril- gan gaz olish va bir yo’la gaz kondensa- tini barqarorlashtirish qurilmasi ham kiradi. 1992 y.ning dek. oyiga kelib gaz- ni qayta ishlash quvvatlari yiliga 25 mlrd.m3 ga oshirilib, gazni kayta ishlash bloklari soni 18 taga etkazil- Di. 2000 y. 25 maydan boshlab korxona «O’zgeoneftgazqazibchiqarish» aktsiyador- lik kompaniyasi tarkibidagi muborak gazni kayta ishlash z-Di sho»ba-unitar korxonasiga aylantirildi. Korxonaning Nizom jamgarmasi 10 mlrd. 199 mln. 245 ming so’m (2003). M.g.q.i.z. AQSh, Frantsiya, Ispaniya, Germaniya, Chexiya, Rossiya, Yaponiya, Ukraina davlatlari b-n iqtisodiy aloqalar o’rnatgan. Bu davlat- lardan korxonaga absorbentlar, katali-zatorlar, kimyoviy re-agentlar, kimyoviy reaktivlar, kimyoviy asbob-uskunalar etkazib beriladi. 2000 y.da kayta ishlangan gaz 27324 mln. m3, oltingugurt i.ch. 217,5 ming t., barkarorlashtirilgan kondensat i.ch. 556 ming t, suyultirilgan gaz i.ch. 13,5 ming t ni tashkil etdi. O’ktam Umarov.