Motosikl sporti

Motosikl sporti – sportning texnik turi, motosikl b-n o’tkaziladigan musobakalar. Motodrom, shosse, trek, ot- choparlarda tezlikka erishish (poyga), pastbaland joylarda hayday bilish (Kross), yonilg’ini tejash, sun’iy g’ov qo’yilgan joylar va shahar harakati sha- roitida rul boshqarish, turli o’yinlar namoyish qilish, tepalikka ko’tarilish, chuqurlikka sho’ng’ish kabilardan iborat. Dastlab 1895 y. Parij—Bordo—Parij yo’nalishi bo’yicha avtomobil poyga- si b-n birgalikda tosh yo’lda birinchi bor motosikl poygasi ham o’tkazilgan. Xalqaro federasiya — FIM (1904 y. asos solingan, O’zbekiston sportning texnik turlari respublika markazi unga 1994 y. qabul qilingan) 60 dan ortiq mamlakatni birlashtiradi. 1924 y.dan jahon, 1936 y.dan Evropa chempionatlari o’tkazib ke- linadi. O’zbekistonda M.s. 20-a. 40-y.lari- ning oxiri — 50-y.larining boshida om- malasha boshladi. O’zbekiston sportning texnik turlari respublika markazi mam- lakatda M.s.ga boshchilik qiladi. M. s. uchun ko’plab sport inshoootlari bunyod etilgan. Jizzaxdagi «Navro’z bulok» AV- tomotodromi, Surxondaryo viloyatidagi «Qizil mozor» (Jarqo’rg’on), Navoiy tog’- metallurgiya kombinatining «NGMK», Olmaliqdagi «Qalmoqqir», Zarafshon sh.dagi «Zolotinka», Samarqanddagi «Motodrom-Ulug’bek», Toshkent sh.dagi «Yunusobod», Farg’ona sh.dagi sport majmui motodromlari va b. Moto t-rassalar M. s. turlariga ixtisoslash- tirilgan. 25 dan ortiq sport klubjamo- alari O’zbekiston chem-pionati va kubok musobaqalarida qatnashadi. M. s.ni bo- lalar o’rtasida keng yoyishga alox.ida e’- tibor beriladi. Bolalar 9 yoshdan boshlab M. s. b-n shug’ullanishi va musobaqalarda qatnashishi mumkin. O’zbekiston sport- chilari xalqaro musobaqalarda, Rossiya, Qozog’i-ston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg’iziston chempionatlarida munta- zam ishtirok etadi. 1992 y.dan buen uz- bekistonda har yil i motokross bo’yicha ko’p bosqichli respublika chem-pionati, «Enduro» bo’yicha Uzbekiston chempiona- ti, Uzbekiston va Markaziy Osiyo Kubo- gi musobaqalari o’tkaziladi. Sportning texnik turlari respublika markazi har yili o’zining «supermotokross» sovri- ni uchun Kross tashkil qilish b-n sport mavsumini ochadi.