Morfologiya

Morfologiya (Yun. morphe — shakl va… logiya) (tilshunoslikda) — 1) tilning morfologik qurilishi; 2) so’z shakllari haqidagi ta’limot. Birinchi ma’nosida ob’ektni anglatsa, ikkinchi ma’nosida tilshunoslikning shu ob’ek- tni o’rganuvchi bo’limini bildiradi. M. so’z turkumlari, ularga xos gram- matik ma’nolarni, har bir turkumga xos grammatik kategoriyalar, bu Kate- goriyalarni yuzaga keltiruvchi gramma- tik shakl va grammatik ma’nolar va sh.k.ni o’rganadi. Til tizimdan iborat bo’lganidek, uning M.si ham o’ziga xos tizimni tashkil etadi. O’z navbatida, morfologik tizim ham o’ziga xos kichik tizimlardan tashkil topadi. Ulardan har birining mohiyati yoritilishi b-n, tilning M.si yaxlit holda, tizim sifa- tida o’rganiladi. Har bir so’z turkumiga xos ichki tizim (tizimcha)larni shu turkumga xos morfo- logik kategoriyalar tashkil etadi. Mor- fologik kategoriyalar so’z turkumiga xos ma’lum bir hodisaga oid umumiy va Xu- susiy ma’nolar va bu ma’nolarni ifoda- lovchi so’z shakllari birligidan iborat bo’ladi. Ana shu so’z shakllari va ularga xos umumiy va xususiy ma’nolar yoriti- lishi b-n muayyan morfologik kategoriya- larning mo-hiyati belgilanadi. Boshqacha aytganda, morfologik tizim ichidagi ichki tizimlardan birining mohiyati belgilanadi. Mas, fe’lning zamon Kate- gori-yasi fe’l M.sida alohida tizimni tashkil etadi. Shuning uchun fe’lning zamonlariga nisbatan «fe’l zamonla- ri tizimi» degan ibora ham qo’llanadi. Fe’lning zamon kategoriyasi, zamon ti- zimining mohiyati shundan iboratki, za- mon shakllarining barchasi harakatning nutq vaqtiga (nutq momentiga) muno- Sabatini bildiradi. Bu — zamon shak- llarining barchasi uchun umumiy bo’lgan xususiyat. Shu b-n birga xar bir zamonga oid fe’l shakli (shakllari) o’ziga xos Xu- susiyatga ega. Mas, o’tgan zamon shakllari harakatning nutq vaqtigacha, hoz. zamon shakllari harakatning nutq vaqtida, ke- lasi zamon shakllari harakatning nutq vaqtidan keyin bajarilishini bildira- Di. Fe’l zamon shakllariga xos ana shu umumiy va xususiyliklar zamon Kate-go- riyasining, fe’l zamonlari tizimining mohiyatidir. Demak, fe’l turkumiga oid har bir morfologik kategoriyaning mohiyatini aniqlash b-n fe’lning mor- fologik tizimi yoritiladi. Azim Hojiev.