Moychechak

Moychechak (Matrigaria) — murak- kab-guldoshlar oilasiga mansub bir yil- lik o’tsimon o’simlik turkumi, dorivor ekin. 50 dan ortiq turi bor. Asosan, Ev- ropada, Jan. Sibirda, Kavkaz, O’rta Osi- yoda uchraydi. Ko’pgina mamlakatlarda, shu jumladan, O’zbekistonning Toshkent, na- mangan viloyatlaridagi dorivor ekinlar etishtiriladigan xo’jaliklarda dorivor M. (M.recutito) turi (chittigul) ekiladi. Dorivor M.ning bo’yi 40 sm. Poyasi bir yoki bir nechta, tik usadi, tepa qismidan shoxlanadi. Barglari ikki karra pat- Simon qirqilgan. To’pguli (savatchasi) oq, tilsimon urug’chi gullardan iborat. Gullari oq, sariq, xushbo’y. Iyun— iyul oylarida gullab urug’laydi. Tar- kibida 0,8% efir moyi, kumarinlar, flavonoidlar, karotin va b. moddalar bor. Tibbiyotda qo’llaniladi. M. hosili (to’pguli) bir necha marta yig’ishtirib olinadi.. Hosildorligi: quruq to’pguli 3—4ts/ga, urug’i 0,8—1 ts/ga. Yana q. Dori- vor o’simliklar.