Martensit

Martensit [nemis metallshuno- si A. Martensit (1850 — 1914) nomidan] — 1) po’latning tarkibiy qismi; past t-rali modifikasiyadagi alfatemir- ga xos uglerodning o’ta to’yingan qattiq eritmasidan iborat. Po’latni toblash paytida austenittshn hosil bo’ladi. M. tu- zilishli po’lat juda mustahkam va qattiq. Metallni bo’shatish yo’li b-n M.ning plastikligi oshiriladi. M., ko’pincha, temir-uglerodli qotishmalarning aso- sini tashkil qiladi; 2) kristall qattiq jismlar (toza metallar, metall asosli qattiq qotishmalar) ning asosiy struk- turaviy tashkil etuvchisi; past t-rali polimorf modifikasiyadan iborat. Ig- nalar, plastinalar va linzalar shakli- dagi ayrim kristallar ko’rinishiga ega. O’ziga xos fazaviy o’zgarishlar oqibatida hosil bo’ladi.