Mauriyalar imperiyasi

Mauriyalar imperiyasi (mil. AV. 4-2-a.lar) — qad. Hishshstondagi yirik quddorlik davlati. Mauriya (Mau- Rya) sulolasidan Magadha hukmdori Chandragupta (mil. AV. 317-293 y.lar hukmronlik qilgan) asos solgan. Chandra- Gupta butun shim.-G’arbiy Hindistonni, mil. AV. 305 y. Balujiston va Sharqiy Afg’onistonni M.i.ga qo’shib olgan. Uning o’g’li Bindusara (mil. AV. 293— 268) davrida M.i.ga dekan ham tobe bo’lgan. Bindusaraning o’g’li Ashoka dav- rida (mil. AV. 268-232) M.i. ravnaq toptan. Imperiya shim.da — Kashmir va Himolay tog’laridan Jan. da Maysur- gacha, g’arbda — Afg’onistondan Sharqda Bengaliya qo’ltig’igacha bo’lgan maydon- ni egallagan. Hindistonning qo’shni va G’arb mamlakatlari b-n savdo, madaniy va diplomatik aloqalari ancha kengay- gan. Buddizm butun Hindiston va ko’shni mamlakatlarga tarqalgan. Turli viloyat- lar o’rtasida munosabatlar yaxshilangan, san’at, adabiyot va siyosat to’g’risida asar- lar yaratilgan. Ashoka vorislari dav- rida imperiya 2 qismga bo’linib ketgan. Mil. AV. 2-a. boshlarida M.i.ning shim.- g’arbiy qismi Yunon-Baqtriya podsholi- giga qo’shib olingan. M.i.ning oxirgi shohi Brixadratha shunglar sulolasidan bo’lgan lashkarboshi Pushyamitra tomo- nidan o’ldirilgan va hokimiyat shu sulo- la ko’liga o’tgan (mil. AV. 180).