Maseru

Maseru — Lesoto poytaxti (1966). Dengiz sathidan 1500 m balandlikda, mamlakatning g’arbiy chegarasi yaqinida, Kaledon daryosi (Oranj irmog’i)ning chap sohilida joylashgan. Aholisi 63 ming kishidan ziyod (1990-y.lar o’rtalari). Savdo-transport markazi. Avtomobil yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qayta ishlovchi sanoat kor- xonalari, remont ustaxonalari, mebel, tikuvchilik, kurilish materiallari i.ch. korxonalari va b. mavjud. Aholisining ko’pchiligi q.x.da, bir qismi jarning oltin konlarida ishlaydi. Q.x. kolleji, shahar yaqinida milliy un-t, kutubxona, telemarkaz bor. Shaharga 1869 y.da asos solingan, 1966 y.gacha mustamlaka marka- zi, keyinroq mustaqil davlat poytaxti bo’lgan.