Mashina detallari

Mashina detallari — 1) bir jinsli materialdan yig’ib tayyorlana- digan mashina, asboblar, apparatlar yoki qurilmalar qismi; umumiy va Max- sus ishlarga mo’ljallangan xillari bor. Umumiy ishlarga mo’ljallangan M. D.ga ko’pgina mashinalar, asboblar va b. uchun tipik bo’lgan detallar (mas, tish- li g’ildiraklar, vallar, o’qlar, boltlar, shponkalar, gaykalar), shuningdek, egi- luvchan (qayishqoq) va korpus detallar kiradi. Egiluvchan M. D. zarb energiya- sini titrashlar va b.ni so’ndirish uchun ishlatiladi; bularga membrana, pruji- na, rezina vtulkalari va qistirmalar, ressoralar va b. kiradi. Korpus M. D. mashinadagi ta’sir etuvchi asosiy kuch- larni qabul qiladi; bularga poydevor ramalari, plitalar, staninalar kira- Di. M. D. aloxida guru-hini moylash qurilmalari va moy o’tkazgichlarning detallari (filtrlar, shtuserlar, moy ko’rsatkichlar va b.) tashkil etadi. Max- sus ishlarga mo’ljallangan M. D.ga faqat ma’lum turdagi mashinalarning detalla- ri (turbina kuraklari, tirsakli vallar, havo vintlari va b.) taallukdi bo’ladi; 2) mashina detallarining nazariyasi, ular- ni hisoblash va qurish haqidagi ilmiy fan; mashina va mexanizmlar nazariyasi, materiallar qarshiligi, materialshu- noslik b-n, detallarni texnik chizma yordamida tayyorlash va yigish b-n, buyum- larning puxtaligi hamda texnik diagno- stikasi b-n bog’liq. O’zbekiston Respublikasida M. D. sohasidagi i. t. lar O’zbekiston FA Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi in-tida, Toshkent texni- ka untida, Toshkent avtomobil yo’llari va transport in-ti, Toshkent temir yo’l muhandislari in-ti va b.da olib borilmoqda.