Mashina zali

Mashina zali (elektr stantsi- yada) — st-ya binosining elektr energiya ishlab chiqaradigan agregatlar (elektr generatorlar, turbinalar va dizellar hamda yordamchi jihozlar) joylash- tiriladigan qismi. Issiklik elektr st-yalari, atom elektr st-yalari, gidro- elektr st-yalari (GES), gaz-turbinali, dizel va geotermal elektr st-yalarida, ularga o’rnatilgan jihozlarning tur- lari va joylashtirilishi bo’yicha M.z. bir-biridan farq qiladi. Turbina agregatlarining joylashishi bo’yicha M. z. ko’ndalang va bo’ylama xillarga bo’linadi. M. z.da turbina va genera- torlar temir-beton yoki metall poyde- vorlarga o’rnatiladi. Poydevorning ba- landligi o’rnatiladigan jihozlarning quvvati va tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Poydevorning yuqori qismida turbine agregatlari, pastki qismida kondensa- torlar joylashadi. Issiklik elektr st- yalarining M. z.da turbina agregatlari, but turbinalari, kondensatorlar, rege- nerasiyalash tizimi, nasoslar, elektr st- yaning o’z ehtiyojlari uchun mo’ljallangan jihozlar joylashadi. AES dagi M. z.da oraliq separatorlar va bug’ni o’ta qizdirgichlar ham bo’ladi. Gaz turbina- li va dizel elektr st-yalarida M.z. bosh korpusning asosiy qismi hisoblanib, unda barcha ish jihozlari: gaz turbina — lari, dizellar, generatorlar, kompres- sorlar, yurgizib yuborish dvigatellari, yonish kameralari joylashadi. Gidroak- kumulyasiyalovchi elektr st-ya (GAES)ning ikki mashinali sxemada ishlaydigan M. z.da — o’zgartiruvchi gidroagregatlar, uch mashinali sxemada ishlaydiganida turbina, generator, nasos o’rnatiladi. GES lardagi M.z.da gidroagregatlar, aylanish tezligini rostlagich, moy bo- simli qurilmalar, gidroagregatlarni avtomatik boshkarish va rostlash shchit- lari joylashadi. M. z.ning eni va uzun- ligi, agregatlarning soni, o’lchamlari, agregatlar orasidagi masofaga qarab aniqlanadi.