Matematik model

Matematik model — matema- tik timsollar, belgilar va hodisalar sinfining taxm. namunasi, bayoni. Ob’- ektiv dunyo hodisalarini to’liq aks et- tiradigan M. m. qurish mumkin emas, lekin istalgan aniqlikda to’g’ri aks et- tiradigan M. m. qurish mumkin. M. m. 4 bosqichga bo’linadi: modelning asosiy ob’ektlarini bog’lovchi qonunlarni shak- llantirish; M. m. olib keladigan ma- tematik masalalarni echish; modelning nazariyaga mos kelishini aniqlash, mo- delni tahlil qilish va takomillashti- rish. M. m.ning klassik namunalaridan biri suyuqlik harakatini o’rganishdir. Dastlab, 18-a.da suyuqlik qisilmaydigan bir jinsli, faqat massa va energiya saqlanishi qonuniga bo’ysunadigan mod- da («ideal qisilmaydigan suyuqlik») deb olingan. Shularga asoslanib qurilgan M. m.da suyuqlik qarakati maxsus dif- ferentsial tenglamalar b-n ifodalan- gan. Keyinchalik bu M. m. takomillash- tirilib, suyuqlikning qisiluvchanligi, yopishqoqligi, molekulyar tuzilishi, uyurma hosil bo’lishi, issikdik, elektr va b. ta’sirlar hisobiga olingan dif- ferentsial tenglamalari tuzilgan. M. m. fizika, astronomiya, biol., iqtisodiyot, tibbiyot va b. sohalarda asosiy tadqiqot usuli hisoblanadi.