Maxdiy

Maxdiy (taxallusi; asl ism- sharifi Mulla Ahmad o’g’li, 19-a. oxi- ri — Kattaqo’rg’on — 20-a. boshlari) — shoir. M. Buxorodagi Ja’farxo’ja madrasasini bitirgach, Kattaqo’rg’onga qaytib, o’z mahallasidagi bolalar- ni o’kitgan, xattotlik va attorlik b-n kun kechirgan. Asarlari «Turkestan- skiy kurer» gaz. bosmaxonasida «ba- yozi Maxdiy» nomi b-n nashr qilingan (1915-16). Bayozda M.ning 4 ming mis- radan ko’proq she’ri, Hofiz, Navo- iy, Mashrab, Muqimiy, Furqat, G’oziy, Amir, Shavqiy, Miriy, Vola, Vidoyi, Ahqar, noqis she’rlari va ular haqida qisqacha ma’lumot hamda Abdurahmon Jomiyning «Qavoidi muammo» («muam- mo qoidalari») risolasi o’rin olgan. M. ijodida xalqni ilmma’rifatga chorlash, yorqin orzu-umidlarni kuylash g’oyasi xa- rakterlidir. M. g’azallari O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondida saqlanayotgan qo’lyozma bayozlarda uchraydi.