Meristema

Meristema (Yun. meristos — bo’linuvchi), hosil qiluvchi to’qima — o’simlik to’qimalaridan biri. Bo’linish va yangi hujayra hosil qilish xususi- yatini uzoq saqchaydi. M.ning bir guruh hujayralari — inisial hujayralar rivojlanishning embrional fazasidan boshqa fazaga o’tmay, bo’linaveradi va o’simlikning o’sishini ta’minlaydi. Boshqa guruh hujayralari esa asta-se- kin differentsiasiyalanib, turli (mas, qoplovchi, o’tka-zuvchi, mexanik to’qima va b.) doimiy to’qima hosilalarini paydo qiladi.