Mexanotron
Mexanotron (lot. mehaniros — me- xanik va elektron) — mexanik kattali- klarni elektr kattaliklarga aylantirib beradigan elektr vakuum asbob; unda elektron yoki ion toki kuchini boshqarish uchun elektrodlarini bevosita silji- tish usulidan foydalaniladi. Bir yoki bir necha qo’zg’aluvchan elektrod (mas, anod) ni qo’zg’almas katodga nisbatan siljitilsa, elektrodlar orasida elektr maydon qiymati va shakli, ya’ni anod toki kuchi o’zgaradi. M.ning 2 (diod), 3 (triod) yoki 4 (tetrod) elektrodli xilla- ri bor. M. sezgirligi (tok bo’yicha diod- li M.larda 7 a/sm gacha, kuchlanish bo’yicha triodli M.larda 25 kv/sm gacha), oddiy- ligi, engilligi va ixchamligi b-n boshqa datchiklardan ustun turadi.