METEOROLOGIK ELEMENTLAR
METEOROLOGIK ELEMENTLAR — atmosferaning ma’lum bir vaqtdagi holatini, undagi jarayonlarni ifoda- lovchi umumiy parametrlar. M. e., asosan, havo t-rasi, bosimi, namligi, shamol kuchi va yo’nalishi, bulut, yog’in turi va mikdori, tuman, tiniqlik, suv va tuproq t-rasi, Quyosh radiasiyasi, er va atmos- feraning issiklik nurlanishi, qor qatlami va h. k.dan iborat. Shuningdek, M. e.ga obhavoda sodir bo’ladigan turli hodisalar — momoqaldiroq, qor va qum bo’ronlari ham kiradi. M. e. asosida atmosferada sodir bo’layotgan jarayon- lar haqida batafsil ma’lumotlar olish mumkin. M. e.dan obhavoni oldindan ay-tishda, iqlim normalarini hisoblashda va b. ilmiy tadqiqot ishlarida keng foy- dalaniladi.