Mikrorayon
Mikrorayon (Yun. mikros — ki- chik va Frans. rayon — rayon) — turar joy binolari majmui va aholining kun- dalik ehtiyojlarini qondiruvchi mada- niymaishiy muassasalar (bolalar bog’cha va yaslilari, maktab, madaniyat uylari, sport inshootlari, bog’-parklar, do’kon va oshxonalar) tizimi. Asosan, shaharga tutash hududlarda barpo qilinadi. M.lar shaharning tarkibiy qismi hisoblanadi. Toshkentda Chilonzor, Yunusobod kabi M.lar mavjud.