Mikroklin

Mikroklin (mikro… va Yun. Klino — egilaman) — dala shpatlari guru- higa mansub mineral. Kimyoviy tarkibi K[AlSi3O8]. Tarkibida bir oz kaltsiy, bariy, temir, rubidiy, tseziy aralashma holida bo’ladi. Triklin sin-goniyali, prizmatik shakldagi kristallar hosil qiladi. Qo’shaloklari polisintetik va to’rsimon. Qattikligi 6— 6,5. Zich- ligi 2540-2570 kg/m3. Rangi pushti, qo’ng’irsariq, qizg’ish-oq, pushtiqizil, ba’zan oq, havorang-yashil (amazonit) tusda bo’ladi. Shishadek, sadafsimon yaltiroq. M. tog’jinslari (granit, grano- diorit, pegmatit, gneys va b.) tarkibiy qismlaridan biridir. M. shisha va kera- Mika sanoati (chinni, fayans, texnik ke- ramika i.ch.)da ishlatiladi. Amazonitdan ziynat toshlari sifatida foydalanila- Di. O’zbekiston g’arbidagi magmatik jin- slar Chatqol-Qurama regionidan farkli ko’p darajada mikroklinizasiya jarayo- niga uchragan.