MIYONCHA

MIYONCHA, patnis (fors, Miyon — o’rta) — 1) mehmonlar (ayollar) tomo- nidan to’yga dasturxon ichida, patnis- da olib boriladigan shirinlik, sovg’a. Asosan, nikoh va sunnat to’ylarida raem bo’lib, faqat bir turdagi shirinlik (qand, pashmak, mayiz va b.) lardan iborat bo’ladi. M. ustiga kiyimlik qo’yiladi; 2) to’yga kelgan mehmonlar oldiga patnisda qo’yiladigan qand-qurs, non, qatlama, meva va b. (O’zbekistonning ayrim joy- larida taksimchalarda qo’yiladigan may- iz-parvarda). To’ylarni o’tkazishda yangi odatlar raem bo’lishi b-n bu turdagi M. taomildan qolib bormoqda (endilikda mehmonlar oldindan tuzab qo’yilgan da — sturxonga taklif etiladi).