Mexanik harakat

Mexanik harakat — tashqi kuch ta’sirida jismning fazoda o’z o’rnini uzluksiz o’zgartirishi. M.h. tu-shunchasi fazo, vaqt, harakatlanuvchi jism, muhit va jismga beriladigan kuch (yoki tezlik) ga bog’liq. Jismning harakati boshqa bi- ror jismga nisbatan belgilanadi. Me- xanikada M. h. kaysi jismga nisbatan tekshirilsa, ko-ordinatalar tizimi shu jism b-n bog’lanadi. Klassik mexanikada moddiy nuqta M. h. tizimining umumiy qonunlari I. Nyuton tomonidan ta’- riflangan. M. h.ning birinchi qonuni inersiya qonuni hisoblanadi.