Kimyoviy qurollar

Kimyoviy qurollar — ommaviy qirg’in qurollari turlaridan biri. Shi- kastlash ta’siri kimyoviy zaharlovchi moddalar (ZM) ning zaharlash xossa- lariga asoslangan. Asosiy tarkibiy qismlari — jangovar kimyoviy modda- lar (zarin, Y-gazlar va b.) hamda ularni qo’llash vositalari — raqstalarning ZM to’ldirilgan jangovar qismlari, artil- leriya snaryadlari, minalar, aviasiya bom- balari, kassetalar, fugaslar, granatalar va b. Ular aviasiya, turli moslamalar, purkagichlar va aerozol generatorlar yor- damida ham tarqalishi mumkin. Shikast- lovchi ta’siri qancha vaqt saqlanishiga qarab, K.q. turg’un (bir necha soat, sutka, hafta, oylab saqlanadigan) va noturg’un (bir necha min. saqlanadigan) turlarga bo’linadi. K.q., asosan, dushmanning jon- li kuchlari (qo’shin)ga qarshi ishlatish uchun mo’ljallanadi, lekin tinch aholiga, hayvonot dunyosiga ham xavf tug’diradi, atrof-muhitni zaharlaydi, ekinzorlar- ni nobud qiladi. K.q. dastlab nemis armiyasi tomoni- dan 1915 y.da ikri (Belgiya)dagi jangda qo’llanilgan. Keyinchalik boshqa ARMi- yalar ham qo’llay boshladi. K.q. Jene- va bayonnomasi (1925) b-n taqiqlangan. Biroq ba’zi tajovuzkor mamlakatlar bu bayonnomani bir necha bor buzishgan (mas, AQSh Koreya va Vetnamda, Isroil Li- Vanda K.q. ni qo’llagan). Parij konventsiyasi (1993)ga muvofiq, K.q. zahiralari butunlay yo’qotilishi lozim. Ular inson salomatligi va tabiat uchun o’ta xavfli bo’lganligidan ularning zahiralarini yo’qotish ishlari maxsus ob’ektlarda amalga oshiriladi. 1993 y. ma’lumotlariga ko’ra, K.q. zahiralari Rossiya (sobiq Ittifoq) da 40 ming t ni, AQSh da 29 ming t ni tashkil etgan. 2-jahon urushida nemislardan qolgan (trofey) K.q. zahirasi (taxm. 300 ming t) dengizga cho’ktirib yuborilgan.