Kembrij maktabi
Kembrij maktabi — iqtisodiy nazariyada 19-a. oxirida paydo bo’lgan yo’nalishlardan biri. Asoschisi Kem- Brij unti siyosiy iqtisod kafedrasiga 1885-1908 y.larda rahbarlik qilgan K.Marshall. K.m.ning asosiy qarashlari A.Marshallning «Ekonomiks printsi- plari» (1890) asarida bayon etilgan. K.m. g’oyalari keyinchalik Marshallning izdo- shlari A.S.Pigu va D.X.Robertson hamda neoklassik yo’nalish namoyandalari to- monidan rivojlantirildi. K.m. siyosiy iqtisoddagi klassik maktab g’oyalarini (erkin tadbirkorlik, xususiy mulk ustu- vorligi, erkin narxlar, raqobat, dav- latning iqtisodiyotga aralashmasligi va b.) rivojlantirdi va marjinalistik qarashlar b-n uyg’unlashtirdi. K.m. namo- yandalari qarashlarida me’yoriy nafli- lik nazariyasiga asoslanadigan narx na- zariyasi, bozor muvozanati muhim o’rinni egallaydi. Bozor munosabatlarining 3 asosiy negizi — narx, talab va taklif o’zaro bog’liklikda qarab chiqiladi. Klas- sik maktab vakillari asoslab bergan qiymatning mehnat nazariyasi qat’iyan rad etiladi va mahsulotning nafliligi va noyobligi birinchi o’ringa qo’yiladi. Narx eng yuqori naflilik asosida aniqlanadigan talab bahosi va chegara- langan xarajatlar b-n aniqlanadigan taklif bahosi kesishgan nuqta tarzida sharhlanadi, A.Marshall o’zining narx nazariyasiga asoslangan holda jamiyatda iqtisodiy tangliklar, inqirozlar, ish- sizlik va qashshoqlik uchun ob’ektiv sa- bablari yo’kligini isbotlashga harakat qiladi. A.Marshall asarlari iqtisodiy nazariyadagi mikroiqtisodiy yo’nalishga asos soldi (q. Mikroiqtisodiyot). Pigu iqtisodchilar orasida birinchi bo’lib, chegaralangan daromadlar nafi pasay- ib borishini asoslab, daromadlarni adolatli taqsimlash asosida «umumiy farog’at davlati» kontsepsiyasini olg’a surdi. K.m. g’oyalari 20-a.ning 30-y.la- riga qadar iqtisodiy nazariyada asosiy mavqeni egallab keldi (yana q. Neoklas- sik iqtisodiy nazariya). Ad.: Marshall A., Printsipi Politi- cheskoy ekonomii, M., 1993. Abduxalil Razzoqov, Sanobar Yo’ldosheva.