KITOB DAVLAT GEOLOGIYA QO’RIQXONASI

KITOB DAVLAT GEOLOGIYA QO’RIQXONASI — Kashqadaryo viloya- ti kitob tumani hududidagi qo’riqxona. Zarafshon tog’tizmasining Jan.-g’arbiy tarmoqlari, Jinnidaryoning so’l qirgog’i va Qoratog’ning shim. yon bag’rida, kitob sh.dan 45 km Sharqda joylashgan. Mayd. 5378 ga. Erning geologik tarixiga oid tabiiy-ilmiy yodgorliklar bo’lmish noyob paleontologik-stratigrafik ob’ektlar- ni reja asosida o’rganish va muhofazalash maqsadida 1979 y.da tashkil etilgan. K.D.g.q.da o’rta ordovik davridan bosh- lab devon va karbon davrlarining chegara qatlamlarigacha bo’lgan dengiz cho’kindi hosilalari paleozoy qatlami jinsla- rining yotish yo’nalishini kundalangiga kesib o’tgan bir kancha soy vodiylarida barqaror izchillikda kuzatiladi. Ular 16 ta turli guruhlarga mansub bo’lgan hayvonot va nabotot olamini ifodalov- chi turli paleontologik krldiklar b-n tavsiflanadi. Qo’riqxonaning mutlaq bal. 1300— 2650 m, nisbiy bal. 500 m dan 1500 m gacha. Relefi qoyali, baland tog’li qismida keskin bo’lingan, o’rta baland- likdagi qismida birmuncha tekis. Obi- safed, Xo’jaqo’rg’on, Zinzilbon, Nova- bak soylarining tog’tizmalarini chuqur kesib o’tishi natijasida manzarali tog’ daralari vujudga kelgan. Qo’riqxo-na hududidagi Zinzilbon kesimida devon sistemasining xalqaro stratigrafik etalonlaridan biri, 1989 y.da devon stratigrafiyasi bo’yicha xalqaro kichik komissiyasi tomonidan tanlangan va 1996 y.da Geologiya fanlari xalqaro uyushma- si tomonidan ratifikasiya qilingan EMS yarusining quyi chegarasi stratoti- pi joylashgan. Shunga binoan, K.D.g.q. jahon stratigrafiya etaloni quyi devon EMS yarusi quyi chegarasi standarti yoki — «Global Stratotipe and Point» global stratotip chegarasi nuqtasining sohibi va saqlovchisi sifatida tan olindi. Uning kesimlari qo’riqxonaga xalqaro maqom berilishiga asos bo’ldi. Qo’riqxona hududidagi o’rta ordovik- dan quyi karbon davrigacha bo’lgan mud- datda dengizning cho’kindi hosilalaridan tashkil topgan kesimlar, asosan, umumiy qalinligi 4000 m dan ziyod karbonatli va kamroq terrigen va vulkanogen jin- slardan tuzilgan. Ularning aksariyati yotqiziqlarning yoshi va korrelyasiyasini aniqlash, u yoki bu yotqiziqlarning shak- llanish sharoitlarini tushunib olish hamda o’rganilayotgan r-nlarning Geolo- gik to’zilishini asosli izohdash uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan mikro- skopik hamda makroskopik qoldiqlar ko’rinishidagi turli paleontologik toshqotgan jinslardan iborat. Qo’riqxona xilma xil jonli ta- biat dunyosiga boy. Bu erdagi 800 tur o’simlikdan 212 tasi, jumladan, ajoy- ib Yunona, «buyuk», «Turkiston», Foster va Korolkov lolalari, Fisherning GLA- diolus va shtenbergiyasi, chayqaluvchan allaxro’za, muskusli Ferula, chinor, ere- murus, cho’l pioni, Korolkov shafrani, kiselring savrinjoni, poyasimon piyoz va b. o’simliklar O’zbekiston Respubli- kasining qizil kitobiga kiritilgan. Qo’riqxona tashkil etilganidan bosh- lab uning bazasida hayvonot olamining turli guruhlari bo’yicha xalqaro an- ju-manlar, kolokviumlar, ekskursiya- lar, turli paleontologik-stratigrafik tadqiqot ishlari o’tkaziladi. Baxtiyor Isahojiev.