Kulon tarozi
Kulon tarozi — nuqtaviy elektr zaryadlar va magnit qutblarning o’zaro ta’sirini o’rganishga mo’ljallangan bu- rama tarozi. Sh. Kulon ixtiro qilgan (1784). 1789 y.da g. Kavendish K.t.dan gravitasion o’lchashlarni va gravita-TSI- on doimiyn\\ aniqlashda foydalangan. K.t. shisha idish ichida ingichka metal yoki kvars ipga (Kulon 76 sm li kumush toladan foydalangan) osilgan shisha shayindan iborat. Shayinning bir uchiga engil metall sharcha va ikkinchi uchiga po- sangi mahkamlangan (rasmga q.). Tarozi kallagi yordamida ipni va unga osilgan shayinni vertikal o’q atrofida burish mumkin. Asbobning yuqorigi qopqog’idagi te- shikchadan shayinga mahkamlangan sharcha b-n bir xil o’lchamga ega bo’lgan elek- trlangan ikkinchi sharcha tushiriladi. Bu sharcha elektrlanmagan sharchaga tek- kanda ular orasida elektr zaryad teng taqsimlanadi. Sharchalar o’zaro ta’sir tufayli bir-biridan itariladi, va- tijada sharchali shayin biror burchak- ka buriladi. Uning burilish burchagi K.t.dagi tsilindrga chizilgan hisoblash shkalasi bo’yicha hisoblanadi. Bu shkala bevosita kuch yoki kuch momenti birli- klarida darajadanadi. Shayinning bu- rilish burchagi <p~MJ/Gl bo’lgani uchun, sharchaga ta’sir etuvchi kuchning burovchi momenti MK to’g’risida xulosa chiqarish mumkin; bunda / — ip uzunligi, G — ip materialining siljish moduli, / — ip ko’ndalang kesimining inersiya momenti. Kuch momenti MK ni bilgan holda, sharcha- lar orasi- ^^ dagi o’zaro ta’sir kuchini ham aniqlash mumkin. Ip qancha uzun bo’lsa va uning ko’nda- lang kesimi inersiya momentining qiymati qancha kichik bo’lsa, K.t.ning sez- girligi shuncha yuqori bo’ladi. K.t. ko’pgiva yuqori sezgirlikka ega zavonaviy asboblarda: elektromet- rlar, magnitometrlar, gravitasion Vario-metrlar va b.da qo’llanadi.