ZARAUTSOY RASMLARI

ZARAUTSOY RASMLARI — O’zbekiston hududidagi eng qadimgi qoyatosh rasmlari. Hisor tizmasining Janubiy g’arbida. Ko’hitang tog’ining Sharqiy yon bag’ridagi Zarautsoy darasidagi ungir va kamar toshlariga ishlangan ibtidoiy san’atnint nodir namunalari. Surxondaryo viloyatida, Termizdan 100— 110 kilometr shimoliy-g’arbda. 1912 yilda I. Fyodorov tomonidan topilgan. Arxeolog G. Parfyonov (1940-45), keyinchalik A. Roginskaya (rassom), A. Formozov, A. Kabirovlar tomonidan o’rganilgan. 200 dan ortiq rasmlar mezolit, neolit va keyingi davrlarga mansub. Rasmlar chizma tarzida kontur va soya uslubida qizil angob (oxra) bilan chizilgan. Zarautsoy rasmlarida odamlarning itlar yordamida yovvoyi buqalarni ov qilish manzarasi tasvirlangan. Hayvonlar (yovvoyi buqa, it, tulki, yovvoyi cho’chqa, burama shoxli echki, jayran, tog’ echkisi, hasharot va boshqalar), turli buyumlar (o’q-yoy, nayza, o’roqsimon qurollar), niqoblangan odamlar va boshqa o’ziga xos tarzda hayotiy qilib ishlangan. Zarautsoy rasmlari ibtidoiy san’atning noyob yodgorligi sifatida yodgorliklarni muhofaza qilish «Qizil kitob»iga kiritilgan. Ad.: Roginskaya A., Zarautsay M.—L., 1950; Pugachenkova G. A., REM pel L. I., Vidayutshiesya pamyatniki izobrazitelnogo iskusstva Uzbekistana, T., 1960; Formozov A. A., Ocherki po pervobitnomu iskusstvu, M., 1969.